Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

#Yoshlar_kuni


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 820-sonli qaroriga muvofiq  nikohlanuvchi yoshlarga hayotiy muhim saboqlar berib borilishi Uchquduq tumanida ham yo'lga qo'yilgan.

Tumanda tashkil etilgan mazkur o'quvda tuman hokimi o'rinbosari N.Najmiddinova, tuman bosh otinoyisi O.To‘raqulova, tuman  “Oqila ayollar” harakati  a'zosi Sh.Sharipova, tuman Adliya bo'limi mutaxassisi S.Rajabova, tuman tibbiyot birlashmasi "Salomatlik markazi"rahbari  G.Kojaxmetovalar  ishtirok etdi.

Ular tomonidan   nikohlanuvchi yoshlarga sog‘lom oila qurish, oilaviy mas’uliyat, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, sog‘lom turmush tarzi va huquqiy bilimlar yuzasidan amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi hamda oila muqaddas dargoh ekani, unga hurmat, fidoyilik va sabr-toqat bilan yondashish kerakligi alohida ta’kidlandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.