Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

MUROJAATCHILARNING MUROJAATI IZIDAN


Mehr-oqibat, xayr-saxovat kabi qadimdan qadrlanib kelingan oliyjanob fazilatlar borki, bu xalqimizning azaliy an’analarini o‘zida namoyon etadi.
  ✅Navbahor tumani adliya bo`limi boshlig`i Abduvali Asadov "Qiziltepa" mahallasida o`tkazilgan sayyor qabul davomida murojaat qilgan aholi bilan uchrashdi, yashash xonadonida bo`lib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
⚪️Tashrif davomida mahallada istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj keksa avlod vakillari, nogiron va yakka-yolg‘iz qariyalar, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotganlar holidan xabar olinib, ularga huquqiy maslahatlar berildi.

???????? Shuningdek, "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturiga asosan mahallada amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirib, mahalliy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, xonadon egalarini daromadlarini oshirish bo`yicha ham tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

   ????    Adliya tomonidan joylarda aholi murojaatlarini oʻrganish, xalq bilan ochiq muloqot oʻrnatish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish masalalariga jiddiy eʼtibor qaratildi, ularni amaliy qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha  mutasaddilarga tegishli tavsiyalar va topshiriqlar berildi.