Янгиликлар
09
Nurota tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi
Bugun Nurota tumani 5-son Bolalar musiqa va san’at maktabi binosida Navoiy viloyatining huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari tomonidan ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Navoiy viloyati prokurori A.Mullajonov, Nurota tumani hokimi A.Fayziyev, Adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari D.Xusanov shuningdek, viloyat va tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida murojaat bildirgan fuqarolarning masalalari tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Sayyor qabul aholining muammolarini eshitish va ularni manzilli hal etish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.