Янгиликлар
09
#yoshlar_kuni
✅9-aprel sohibqirov Amir Temur tavallud topgan kun. Shu kuni Navoiy viloyat adliya organlari tomonidan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi loyihasi doirasida harbiy qismga yoshlar tashrifi tashkil etildi. Yoshlar Qurolli Kuchlar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
✅Harbiy qismdagi tadbirlar adliya boshqarmasida tashkillashtirilgan Bahodir Yalangto’sh tarixiy badiiy filmi namoyishiga ulandi. Tadbir davomi Navoiy davlat universiteti hamda yuridik texnikum talabalari ishtirokida film muhokamasi bo'lib o'tdi.
✅Rahbar va yoshlar uchrashuvi loyihasi doirasida psixologik va motivatsion trening ham tashkil etildi. Aytib o’tish joizki trening ishtirokchilarining aksariyati huqushunos bo’lish istagidagi yoshlardan iborat bo’lgani bois, suhbat bo’lajak yurist imedji va huquqiy jamiyatda maqsadni aniq qo’yish mavzusidan bashlandi.