Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

#hamma_baxtli_bo'lishga_haqli (http://t.me/Navoiy_adliya)


Tuman adliya bo‘limlari, Oila va xotin-qizlar bo‘limlari,  diniy tashkilot vakillari hamda mahalla xotin-qizlar faollari bilan hamkorlikda, joriy yilning 10-aprel kuni tumanlardagi oila maskanlari hamda mahallardagi ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar ishtirokida muhokamalar o‘tkazildi hamda tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.

????Tadbir davomida oilaviy muammolar tahlil qilinib, oilaviy totuvlik va oila muqaddasligi haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Natijada, 2 ta oila yarashtirildi, qolgan 1 ta oilaga esa vaziyatni chuqurroq o‘ylab ko‘rish va o‘zaro kelishuv asosida oilani saqlab qolishlari uchun muddat belgilandi.

????Muhokama jarayonida, Oila - jamiyatning asosiy bo‘g‘ini va muqaddas qo‘rg‘on hisoblanib, uning mustahkamligi davlat siyosati darajasidagi muhim masala sifatida kun tartibiga chiqayotganligi, oilaviy ajrimlarning oldini olish va oila institutini mustahkamlash bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilayotgani ta’kidlanib,  ajrimlarning ikki tomonga  ham achinarlisi, bolalarning hayotiga salbiy ta’siri haqida so‘z bordi.