Янгиликлар
14
“Bu bog‘lar, bir bog‘lar bo‘ladi hali…)
Navoiy shahridagi “Yoshlik ko‘li” 1972 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 24 gektar maydonni egallagan. Ko‘lning suvi oxirgi marta 2008 yilda to‘liq almashtirilgan.
Hozirda Alisher Navoiy nomidagi markaziy madaniyat va istirohat bog‘i, “Yoshlik” ko‘li va ular atrofida eskirgan va samarali foydalanmay kelayotgan obyektlar joylashgan hududni yagona majmua sifatida rekonstruksiya qilish orqali ko‘ngilochar istirohat bog‘iga aylantirish ishlari amalga oshirilmoqda, l Kelgusida hududda bir vaqtning o‘zida 1,5 ming aholiga mo‘ljallangan 8 ming kvadrat metrlik tabiiy plyaj, yoshlar va kattalar uchun zamonaviy akvapark, 300 dan oshiq xizmat va servis obyektlari tashkil etiladi. 2000 ga yaqin ish o‘rni yaratilib, budjetga yillik o‘rtacha 40,5 milliard so‘m tushum bo‘ladi.Mazkur mavzuda adliya boshqarmasi xodimlari ishtirokida teleko‘rsatuv uchun tasvirga olish ishlari bo‘lib o‘tdi.