Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

#adliya_targ'ibot


Uchquduq tuman adliya bo'limi tomonidan, tumandagi axborot-kutubxona markazida, ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlarini tizimli ravishda oldini olish, nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish holatlarining (erta nikoh) oldini olish masalalari bo'yicha huquqiy tadbir tashkil etildi.

⭐Shu kabi uchrashuvlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining  03.03.2026-yildagi PF–33-son “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlarining oldini olish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to'g'risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda uning ijrosini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

⭐Tadbir davomida, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish haqidagi barcha savollarga huquqiy tomonlama atroflicha javob berib o'tildi.