Янгиликлар
16
#sayyor_qabul
Konimex tuman prokurori hamda adliya bo'lim boshlig'i tomonidan aholi murojaatlarini o'rganish va ularga amaliy yechim topish maqsadida fuqarolar ishtirokida "Navro'z'" mahallasida sayyor qabul o'tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning kadastr, qurilish va kommunal sohadagi hamda boshqa yo'nalishga oid murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rildi.
Murojaatlarning bir qismi joyida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi.