Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

“Yoshlar kuni”


Davlatimiz rahbari tomonidan joriy etilgan yangi mexanizmga muvofiq, har hafta payshanba kuni o‘tkazilayotgan “Yoshlar kuni” doirasida Navoiy viloyat teatrida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

✅Uchrashuvda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i, viloyat prokurori, ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini aniqlash va joyida hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

✅Muloqot davomida, ayniqsa, alohida toifadagi yoshlar bilan ishlash hamda ular o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish masalalari yuzasidan yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglandi.

✅Samimiy ruhda tashkil etilgan “qahva ustida suhbat” jarayonida yoshlarning orzu-intilishlari, dolzarb muammolari va amaliy loyihalari muhokama qilindi.

✅Tadbir davomida yoshlarga adib Tohir Malikning “Alvido bolalik” asari asosida sahna ko‘rinishi namoyish etildi.