Янгиликлар
16
HAR BIR AYOL VA BOLA DAVLAT HIMOYASIDA
Yoshlar markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF-33-son Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Viloyat targ‘ibot guruhi a’zolari ishtirokida tashkil etilgan mazkur tadbirda 70 nafarga yaqin faol xotin-qizlar қамраб olindi.
Seminar davomida ishtirokchilar Prezident farmoni bilan batafsil tanishtirilib, unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, xususan, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar yuzasidan keng tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirish, ayollarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqiy ongini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur seminar ishtirokchilarning bilim va tushunchalarini boyitib, ularni jamiyatda faol bo‘lishga undaydi.