Янгиликлар
17
Konimex tumanida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
"Yoshlar kuni" munosabati bilan Konimex tuman adliya bo'limi tomonidan ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida Lex.uz (https://lex.uz/) platformasidan samarali foydalanish, normativ-huquqiy hujjatlarni izlash va amaliyotda qo‘llash tartibi tushuntirildi.
Shuningdek, ochiq muloqot jarayonida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga berilayotgan imtiyozlar, qonunchilikda belgilangan imkoniyatlar to‘g'risida tushuntirishlar berildi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularning shaxsiy rivojiga hissa qo‘shishga xizmat qildi.