Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

ADLIYA ORGANLARI XALQIMIZGA XIZMAT QILMOQDA.


Har bir murojaat — e’tiborda.

✅ Har bir insonning murojaati ortida uning hayotiga daxldor muhim masalalar, kundalik tashvishlar va yechimini kutayotgan muammolar mujassam. Ba’zan bu oddiy maishiy masala bo‘lishi mumkin, ba’zan esa yillar davomida hal etilmagan murakkab muammo. Shu bois murojaatlarga befarq qaramaslik, ularni chuqur o‘rganib, adolatli yechim topish davlat organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

????Murojaat qachon qanoatlantirilgan deb hisoblanadi? Albatta, u belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilib, unda ko‘tarilgan har bir masalaga asosli va aniq javob berilgandagina. Bu jarayonda mas’ul xodimlardan yuksak mas’uliyat, halollik va fidoyilik talab etiladi. Shu bilan birga, murojaat qiluvchi fuqarolardan ham murojaat madaniyatiga rioya qilish, masalani aniq va asosli bayon etish muhim ahamiyat kasb etadi.

????Bugungi kunda davlat idoralari rahbarlari tomonidan joylarda sayyor qabullar o‘tkazilishi ana shu maqsadga xizmat qilmoqda. Bunday uchrashuvlar orqali aholining dardi bevosita eshitilib, muammolar joyida o‘rganiladi va tezkor choralar ko‘riladi.

✅ Navbahor tumanida ham ana shunday sayyor qabul tashkil etildi. Tuman adliya bo`limi boshlig`i Abduvali Asadov boshchiligida mas`ul tashkilotlar bilan hamkorlikda “Burqut” mahallasi hududida o‘tkazilgan mazkur qabulda aholi vakillari faol ishtirok etdi.

????Qabul davomida 30 nafardan ortiq fuqarolar o‘z murojaatlari bilan ishtirok etib, ularning har biri mutasaddi rahbarlar tomonidan diqqat bilan tinglandi. Ko‘tarilgan masalalar joyida o‘rganilib, tegishli tashkilotlar mas’ullariga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim murojaatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, boshqalari yuzasidan amaldagi qonunchilik doirasida yechim topish choralari belgilandi.

????Shuni alohida ta’kidlash joizki, bunday sayyor qabullar nafaqat muammolarni hal etish, balki davlat organlari bilan aholi o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashda ham muhim ahamiyatga ega. Odamlarning dardini eshitish, ularga befarq bo‘lmaslik, og‘irini yengil qilishga intilish — bu rahbar kadrlar oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir.