Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

21 yoshga to‘lganda birinchi marta nikohdan o‘tgan yosh oilalarga qo‘shimcha imtiyozlar joriy etilmoqda...


21 yoshga to‘lganda birinchi marta nikohdan o‘tgan yosh oilalarga qo‘shimcha imtiyozlar joriy etilmoqda...

2027-yildan boshlab har ikkala tomon ham 21 yoshga to‘lganda birinchi marta nikohdan o‘tgan yosh oilalarga qo‘shimcha imtiyozlar va boshqa qo‘llab-quvvatlashlar joriy etilishi Prezident farmonida belgilab o'tilgan.

????Viloyat Kasaba uyushmalari tashkilotlar birlashmasida adliya boshqarmasi hamkorligida mamlakatimiz rahbarining 2026-yil 3-martdagi PF-33-son Farmoni targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

????Tadbirda hujjat mazmun-mohiyati, xususan erta nikoh, xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish, farzandi uch yoshgacha bo‘lgan yosh onalar uchun ta’lim olishda qo‘shimcha imkoniyatlarning joriy etilgani xususida so‘z yuritildi.

????Bundan tashqari, nikoh shartnomasini tuzgan nikohlanuvchi shaxslarga nisbatan nikohni qayd etganlik uchun davlat bojini to‘lashdan ozod qilish tartibi qo‘llanilishi, voyaga etmaganlar bilan nikoh tuzishga da'vat etganlik (tushuntirganlik), shuningdek bunday nikohlarni targ'ib qilganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilanganligi alohida ta’kidlab o‘tildi.