Янгиликлар
23
Rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
Navbahor tumanida yangi tashkil etilgan "Kelajak markazi"da rahbar va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.
???????? Ushbu tadbir Prezident tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning ijrosi orqali iqtidorli o'quvchilarni aniqlash, ularning iste'dodlarini namoyon etishlariga imkoniyat yaratish va qo'llab-quvvatlash, yosh avlodning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularning ma'naviy olamini boyitish, san'at va go'zallikka intilishini kuchaytirish, milliy san'at an'analari va yo'nalishlarini saqlab qolish, rivojlantirish va davom ettirish maqsadida Navbahor tuman adliya bo`limi boshligi`A.Asadov tomonidan o‘tkazildi.
✍️Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim-tarbiya, san`at, kasb-hunar o‘rganish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.
✍️Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini amalga oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
????Tadbir ochiq muloqot ruhida o‘tib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldilar. Mazkur uchrashuv o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.