Янгиликлар
27
“ZO`RAVONLIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ!”
“ZO`RAVONLIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ!” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
➡️Navbahorda yoshlar bilan ochiq muloqot: Tazyiqni, zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, uni reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida reklama qilish, namoyish etish, tarqatishning salbiy oqibatlari tushuntirildi.
????Xususan, Navbahor tumanidagi 29-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida yoshlarning huquqiy ongi va ogohligini oshirish, ularni turli zararli illatlardan asrash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
????Yakunda o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.
???? Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qilmoqda.