Янгиликлар
27
NAVOIYDA “ENG YAXSHI HUQUQ O‘QITUVCHISI” ANIQLANDI
O‘zbekiston Respublikasi Adliya hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tashabbusi bilan “ENG YAXSHI HUQUQ O‘QITUVCHISI” respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish an’anaga aylandi. Mazkur bellashuvning Navoiy viloyat bosqichi joriy yilda Navoiy shahridagi 23-umumta’lim maktabida tashkil etildi.
✅Tadbirda tanlovning tuman, shahar bosqichlari g‘oliblaridan 30 dan ortiq huquq fani o‘qituvchisi ishtirok etishdi.
✅Dastlabki saralash bosqichi test shaklida o‘tkazildi. Test sinovida eng yuqori ball to‘plagan o‘qituvchilar tanlovning keyingi shartida kuch sinashdilar.
✅“Blis savollar” deb nomlangan mazkur bosqich o‘qituvchilarning huquqqa oid bilmlari, hozir javobligi va tasodifiy vaziyatlarga shayligini elakdan o‘tkazildi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
✅Navbatdagi bosqich huquqiy sohada mavjud tizimli muammolar va ularning yechimi yuzasidan muqobil takliflar tayyorlash sharti. Bunda ishtirokchilar nainki fanga oid bilm va ko’nikmalari balki, siyosiy dunyoqarashi, ijtimoiy faolligini ham namoyish etishdi.
Aytib o’tish joiz mazkur bellashuv O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi 80-son farmoni ijrosi yuzasidan tashkil etilmoqda. Bunda huquq fani oʻqituvchilarining