Янгиликлар
30
Yoshlar kuni: sog'lom hayot sari shiori ostida o'tkazildi.
Yoshlar kuni: sog'lom hayot sari shiori ostida o'tkazildi.
✅Bugun “Yoshlar kuni” doirasida navbatdagi uchrashuv Navoiy shahridagi 23-sonli umumta'lim maktabida Adliya boshqarmasi boshlig'i ishtirokida bo'lib o'tdi.
✅O‘quvchi yoshlar ishtirokida sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirishga qaratilgan sport tadbirlari o‘tkazildi.
✅Dastlab, shaxmat va sashga o'yinlari, shuningdek milliy o'yinlarimiz bo'lgan beshtosh, arqon tortish hamda kurash bo‘yicha musobaqalar tashkil etilib, yoshlar o‘z kuch va imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.
✅Tadbir yakunida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar, qonunchilikda belgilangan huquq va imtiyozlar yuzasidan tushuntirishlar berildi hamda savollariga atroflicha javoblar qaytarildi.
✅ Mazkur tadbirlar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning huquqiy ongi va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.