Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Navoiyda velomarafon va milliy o‘yinlar yoshlarni birlashtirdi


“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida Navoiy viloyatida yoshlar ishtirokida keng ko‘lamli sport tadbirlari tashkil etildi.

????Tadbirlar velomarafon bilan boshlandi. Unda 500 ga yaqin yoshlar ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdi.

????Shundan so‘ng sport musobaqalari Yoshlik sport majmuasi hamda umumta’lim maktablarida davom etib, arqon tortish, milliy kurash, tosh ko‘tarish kabi milliy sport turlari, shuningdek “beshtosh”, “oq terakmi-ko‘k terak” singari o‘yinlar orqali yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlar targ‘ib qilindi.

????Tadbir doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, elektron sigaretalar va psixotrop moddalar iste’molining oldini olish, jinoyatchilik profilaktikasi hamda huquqiy ta’lim masalalari muhokama qilindi.

????Uchrashuv Navoiy konchilik va texnologiyalar universitetida davom etib, unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar, adliya organlari faoliyati va raqamlashtirish jarayonlari yuzasidan fikr almashildi.

????Tadbir yakunida faol ishtirok etgan yoshlarga huquqiy va badiiy adabiyotlar to‘plami topshirildi.

???? Mazkur tadbirlar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning huquqiy ongi va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.