Янгиликлар
01
#Uchquduq_adliya
Uchquduq tumani adliya bo‘limi, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, diniy tashkilot vakillari, mahalla xotin-qizlar faollari hamkorligida, joriy yilning 1-may kuni tumandagi oila maskanida 4 ta ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar ishtirokida muhokamalar o‘tkazildi.
✅Tadbir davomida, oilaviy muammolar tahlil qilinib, oilaviy totuvlik va oila muqaddasligi haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Natijada, 2 ta oila yarashtirildi, qolgan 2 ta oilaga esa vaziyatni chuqurroq o‘ylab ko‘rish va o‘zaro kelishuv asosida oilani saqlab qolishlari uchun muddat belgilandi.