Янгиликлар
02
"Korrupsiyani oldini olish har birimizning ishimiz"
Navoiy viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasida "Korrupsiyani oldini olish har birimizning ishimiz" mavzusida tadbir tashkil etildi.
????Mazkur tadbirda Boshqarma va uning tizimidagi davlat arxivlari rahbar, xodimlari, viloyat adliya boshqarmasining targ‘ibot bo‘lim boshlig‘i S.Husanov va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha maslahatchisi Sh.Ochilov ishtirok etdi.
????Tadbir davomida S.Husanov tomonidan korrupsiyaning oldini olish, uning jamiyatga salbiy taʼsiri hamda davlat xizmatchilarining masʼuliyati yuzasidan batafsil maʼruza qilindi. Shuningdek, Sh.Ochilov tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablari, huquqbuzarliklarning oldini olish choralariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
????Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda ochiq muloqot shaklida fikr almashdilar.