Янгиликлар
04
#adliya_targ'ibot
Navoiy viloyati Uchquduq tumanida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism Madaniyat markazida mamlakatimiz rahbarining 2026-yil 3-martdagi PF-33-son Farmoni mazmun-mohiyati yuzsidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
➡️Mazkur tadbir davomida oila muhitining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, milliy qadriyatlar va an’analarning farzand kamolotiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri haqida atroflicha fikr yuritildi.
➡️Tadbirda tuman Yuridik markaz boshlig‘i Dildora Rustamova ishtirok etib, oila va jamiyatning uzviy bog‘liqligi, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda huquqiy madaniyatning ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.