Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

NAVOIY: QISHLOQQA KITOB KARVONI


Navoiyda "Rahbar va yoshlar uchrashuvi"ning navbatdagi manzili Nurota tumani.

"Yangiobod" qishlog'i tumanning olis hududlaridan biri. Bu yerda aholi asosan chorvachilik bilan kun kechiradi. Qishloqda 33-sonli umumta'lim maktabi joylashgan bo'lib, ayni paytda ta'lim muassasasida 400ga yaqin yosh tahsil olmoqda. Maktabga "Qishloqqa kitob karvoni" shiori ostida adliya boshqarmasi tomonidan badiiy adabiyotlar jamlanmasi taqdim etildi.

Shundan so'ng, adliya boshqarmasi boshlig'i yoshlar bilan muloqot o'tkazdi. Suhbatda yoshlar masalasi, ularning qiziqishlari, taklif va tashabbuslari o'rganildi.

Tadbir "Zakovat" intellektual o'yiniga ulandi. Huquqiy, ijtimoiy-iqyisodiy, fan, adabiyot, san'at va tarix singari turli mavzularni qamrab olgan mazkur bellashuv yosh bilmdonlarni bir davraga jamladi. Tadbir yokunida ishtirokchilarga esdalik sovg'alar tooshirildi