Янгиликлар
09
Adliya faxriylarni e’zozlaydi
Yurtimizda “9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan keksa avlod vakillari, uzoq yillar fidokorona mehnat qilgan ustoz va faxriylarni e’zozlash ezgu qadriyatga aylangan.
Ayniqsa, adliya tizimida ham ko‘p yillar samarali faoliyat yuritgan, soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan faxriylarni qadrlash, ularning holidan xabar olish an’anasi davom ettirilmoqda.
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi jamoasi tizimda uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan, bugungi kunda ham boy hayotiy tajribasi, samimiy maslahat va o‘gitlari bilan yosh avlodga o‘rnak bo‘lib kelayotgan faxriy ustozlarni bayram bilan muborakbod etdi.
Suhbatlar jarayonida adliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohadagi yangilanishlar haqida fikrlar almashildi.