Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Kun tartibida oilalar masalasi


Respublika ishchi guruhi Navoiy viloyatida nizoli oilalar bilan ishlashda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni o'rganmoqda.

Nizoli oilalar soni yuqori bo'lgan mahalallar adliya organlariga biriktirilgan bo'lib, ularga huquqiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko'rsatib kelinmoqda.

Nurota tumanining  G'ofur G'ulom mahalla fuqarolar yig'inida adliya boshqarmasi boshlig'i mazkur yo'nalishda amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida ma'lumot berib o'tdi.

Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, oilalardagi nizolar asosan uchinchi shaxs aralashuvi, tazyiq va zo'ravonlik holatlari, xiyonat hamda moddiy ta'minot bilan bog'liq sabablarga ko'ra yuzaga kelayapti.

Taqdimotda shular haqida so'z yuritilib, ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, ruhiy muvozanatni tiklash va iqtisodiy barqarorlikka erishishga ko'maklashishda adliya idoralari tomonidan zarur mutaxassislarni jalb etgan holdan olib borilayotgan ishlar tafsilotiga to'xtalib o'tildi