Янгиликлар
14
Amerikalik tarjimon va sharqshunos olim Mark Reese mualliflik huquqi buzilgani uchun sudda g‘alaba qozondi: O‘zDJTU 18 mln 750 ming so‘m tovon to‘laydi.
Joriy yilning aprel oyida sharqshunos olim Mark Reese tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudiga mualliflik huquqi buzilishi natijasida yetkazilgan zarar yuzasidan tovon puli (kompensatsiya) undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasi kiritilgan.
Mazkur da’vo arizasi bo‘yicha fuqarolik ishi ko‘rib chiqilib, sudning hal qiluv qaroriga asosan javobgar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti mas’ul xodimi M. Chutpulatovdan da’vogar Mark Reese foydasiga BHMning 50 baravari ya'ni 18 millon 750 ming so'm miqdorida tovon undirilishi belgilandi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq tarjimon va sharqshunos olim Mark Reese uning 15 yil davomida ingliz tiliga (“Bygone Days”) tarjima qilgan “O‘tkan kunlar” asarining ruxsatsiz elektron shaklda tarqalayotgani haqida Adliya vazirligiga murojaat qilgan edi. Murojaat asosida Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘rganish o‘tkazilib aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha universitet mas’ul xodimiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177¹-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga yuborilgan. Sud qaroriga ko‘ra, mas’ul xodimga 2 060 000 so‘m miqdorida jarima belgilangan hamda asarning elektron nusxasini unilibrary.uz tizimidan o‘chirish majburiyati yuklatilgan