Янгиликлар
15
Navoiyda yoshlar kuni...
Navoiy shahridagi Tinchlik plazada "Yoshlar kuni" munosabati bilan Navoiy davlat universiteti hamda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining talaba yoshlari ishtirokida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, shu jumladan soha mutaxassislari tomonidan mualliflik huquqi tushunchasi, uning ahamiyati hamda amaldagi qonunchilikda belgilangan normalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, yoshlar intellektual mulk asoslari hamda mualliflik huquqlarining paydo bo'lishi va uning himoyasining ta'minlanishi, shu jumladan tovar belgilarini davlat ro'yxatdan o'tkazish, sanoat namunalari va ixtirolarni patentlash xususida batafsil ma'lumotlarga ega bo'lishdi.