Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

“Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi


“Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 15–16-may kunlari Bo‘stonliq tumanidagi “Olmos” konvension markazida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–80-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 532-son qarori ijrosi doirasida Adliya vazirligi va Maktabgacha hamda maktab ta’limi vazirligi hamkorligida tashkil etildi.

Tanlovning respublika bosqichida hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 42 nafar huquq fani o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar test sinovlari, huquqiy bilimlar bo‘yicha blits-savollar hamda taqdimot shartlari asosida o‘zaro bellashdilar.

???? “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari:

???? 1-o‘rin — Qo‘chqorov Asliddin Imomovich
Navoiy viloyati Navoiy shahri 23-maktab

???? 2-o‘rin — Sa’dullaeva Dilrabo Xayrullaevna
Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani 32-maktab

???? 3-o‘rin — Xoliqov Hayotjon Rajabali o‘g‘li
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi xususiy maktab


???? “Eng yaxshi notiq” nominatsiyasi g‘oliblari:

Tilovov Suhrob To‘lqin o‘g‘li Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani 65-maktab

Xoshimova Muxfira G‘afurjon qizi
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani 1-maktab

???? “Eng yaxshi taqdimot” nominatsiyasi g‘oliblari:

Ochilov Tolib Ixtiyor o‘g‘li
Samarqand viloyati Ishtixon tumani 96-maktab

Yaxshimuratova Iroda Olimbayevna
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani 40-maktab


Tanlov yakunlariga ko‘ra eng yuqori natija qayd etgan ishtirokchilar g‘olib deb topilib, 1-o‘rin uchun 30 million, 2-o‘rin uchun 20 million hamda 3-o‘rin uchun 10 million so‘m pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.

Mazkur ko‘rik-tanlov huquq fani o‘qituvchilarining kasbiy salohiyatini oshirish, yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyat va huquqiy savodxonlikni yuksaltirishga xizmat qilmoqda