Янгиликлар
19
KUN TARTIBIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH MASALASI
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirig‘i bilan tasdiqlangan nazorat-rejaning tegishli bandiga asosan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan “Hokimlik soati” seminar tadbiri tashkil etildi.
✅Tadbirda Zarafshon shahar hokimligi xodimlari, davlat organlari va tashkilotlarining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
✅Seminar davomida shahar adliya bo‘limi boshlig‘i O.Nosirov tomonidan murojaatlar bilan ishlash tartibi, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.