Янгиликлар
21
#Yoshlar_kuni
Navbahorda o`qishni amaliyot bilan birga oilb borayotgan va dual ta`limda o`qiyotgan talaba- yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
????Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazilishi doirasida Navbahor tumanida joylashgan 1-sonli politexnikumda dual ta`limda o`qiyotgan talaba yoshlar va tadqiqotchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
????Tadbir Navoiy viloyati adliya boshqarmasi hamda MMTB bilan hamkorligida o‘tkazilib, unda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i va mas`ul xodimlari ishtirok etdi.
????Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan ishlab chiqilayotgan innovatsion loyihalar, kon-metallurgiya yo‘nalishidagi ishlanmalar, ixtiro modellari va zamonaviy texnik qurilmalar bilan yaqindan tanishildi.
???? Mazkur uchrashuv yoshlarning innovatsion salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy bilimlarini oshirish hamda ilmiy-amaliy faoliyatini rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda.