Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

HAR BIR INSON MEHNAT QILISH HUQUQIGA EGA...


Navoiyda inklyuziv yoshlar uchun seminar-trening tashkil etildi.  Tadbir viloyat adliya boshqarmasi, IT Park hamda O‘zbekiston nogironlar jamiyati Navoiy viloyat bo’limi hamkorligida hududdagi Profi xususiy universitetida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning “Imkoniyati cheklangan yoshlarning mehnat huquqlari va bandligini ta’minlash” mavzusiga bag‘ishlangani bejizga emas. Chunki, yig‘ilganlarning aksariyati mehnat bozoriga chiqish yoshida. Shu bois, seminarda kasbga o‘qitish va yoshlarning imkoniyatlariga qarab bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor berildi.

Muloqot  davomida ishtirokchilarga quyidagi yo‘nalishlarda bilim va amaliy ko‘nikmalar berildi:
Mehnat huquqlari: Yoshlarga qonunchilikda belgilangan mehnat kafolatlari tushuntirildi.
Masofaviy bandlik: Zamonaviy mehnat bozorida uydan turib ishlash imkoniyatlari o‘rgatildi.
IT-texnologiyalar: Axborot texnologiyalari orqali daromad topish yo‘llari ko‘rsatildi.
Davlat xizmatlari: Onlayn platformalardan mustaqil foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Tadbir yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar. Ushbu seminar ishtirokchilarning jamiyatga integratsiyalashuvi va iqtisodiy mustaqillikka erishishida muhim qadam bo‘ldi.