Янгиликлар
03
Kompleks gender yondashuv asosida davlat organlari va tashkilotlarida genderga oid audit o‘tkazishning tartib tamoyillari
Navoiy shahridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Kompleks gender yondashuv asosida davlat organlari va tashkilotlarida genderga oid audit o‘tkazishning tartib tamoyillari” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi viloyat Kengashi tashabbusi bilan, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda adliya boshqarmasi hamkorligida bo‘lib o‘tdi.
✅Seminarda davlat organlari va tashkilotlarida gender tengligini ta’minlash, ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratish hamda inklyuziv boshqaruv tizimini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Bunda davlat boshqaruvi tizimida gender tenglik prinsiplarini institutsionallashtirish, gender audit mexanizmlarini amaliyotga joriy etish va sohada faoliyat yuritayotgan mas’ul xodimlarning bilim hamda ko‘nikmalarini oshirishga alohida urg‘u berildi.