Янгиликлар
05
ADLIYA: NIZOLI OILALARNI YARASHTIRISH YO‘LIDA
Oila — jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini, uning mustahkamligi esa jamiyat barqarorligi va farovonligining asosiy omillaridan biridir. Shu bois oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish hamda yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan sanaladi.
☺️"Ijtimoiy profilaktika haftaligi" hamda "Yosh oilalar bilan ishlash kuni" doirasida Navbahor tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi tomonidan nizoli oilalar bilan uchrashuv va suhbatlar tashkil etildi. Tadbir davomida oilaviy kelishmovchiliklarga duch kelayotgan fuqarolar bilan yakka tartibda muloqot qilinib, ularga huquqiy tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berildi.
☺️Mutaxassislar tomonidan oilalarda yuzaga kelayotgan muammolar, kelishmovchiliklarning sabablari va ularni bartaraf etish yo‘llari atroflicha muhokama qilindi. Ayniqsa, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarning holati sinchiklab o‘rganilib, er-xotin o‘rtasida o‘zaro hurmat va ishonchni tiklashga qaratilgan tavsiyalar berildi.
☺️Mazkur tadbir oilaviy ajrimlarning oldini olish, sog‘lom oila muhitini shakllantirish va milliy oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Adliya organlari tomonidan olib borilayotgan bunday sa’y-harakatlar nafaqat oilalarni saqlab qolishga, balki farzandlar kamoloti va jamiyat barqarorligini ta’minlashga ham xizmat qilmoqda.
☺️Bugungi kunda oilaviy muammolariga yechim izlab adliya organlariga murojaat qilayotgan fuqarolar soni ortib bormoqda. Bu esa adliya tizimining oilalarni yarashtirish, ularni baxtli va farovon hayot sari yo‘naltirishdagi o‘rni va ahamiyati tobora ortib borayotganidan dalolat beradi. Adliya — oilalar tinchligi va jamiyat farovonligi yo‘lida ishonchli hamkor bo‘lib qolmoqda.