Янгиликлар
11
Karmanada "Rahbar va yoshlar uchrashuvi": Muammolar xonadonbay o‘rganilmoqda
Karmana tumanidagi "Yangi hayot" mahallasida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" loyihasi doirasida sayyor qabul tashkil etildi. Unda mahalla yoshlari bilan birga ularning onalari ham faol ishtirok etib, farzandlarining kelajagi va muammolari yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishdi.
✅Samimiy kechgan suhbat davomida yoshlarning asosan oliygoh kontrakt to‘lovlari, bandlikni ta’minlash hamda kredit to‘lovlarida uchrayotgan masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglandi va ularga huquqiy ko‘maklashish maqsadida zarur tavsiyalar berildi.
✅Muloqotdan so‘ng mas’ullar uyma-uy yurgan holda har bir xonadon sharoiti va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yigit-qizlarning masalalarini yaqindan o‘rganishdi.
✅Shuningdek, tadbir doirasida o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlab, bugungi kunda daftardan chiqarilgan yoshlarning ishlari ham ko‘zdan kechirildi va ularga bizneslarini yanada kengaytirish bo‘yicha foydali maslahatlar berildi. Bu kabi tadbirlar mahalladagi har bir yoshning muammosini tinglash va ularni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.