Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Navoiy garnizonida "Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" doirasida tadbir o‘tkazildi



????Adliya boshqarmasi tomonidan Navoiy garnizonidagi harbiy qismda muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida “Mansab-shaxsiy manfaat manbai emas, xalq farovonligi uchun mas’ullikdir” mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.

????Tadbirda "Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida"gi qonun hamda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, vakolatli davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyati, shuningdek korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan javobgarlik choralari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

????Tadbir yakunida “Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilari va ayrim fuqaro xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–214-son, 08.06.2026-y.) mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.