Янгиликлар
23
Ayollar daftari
Zarafshon shahrida "Ayollar daftari"ning 7-bosqichiga kiritilgan hamda huquqiy yordamga muhtoj boʻlgan bir guruh xotin-qizlar bilan muhim uchrashuv boʻlib oʻtdi.
➡️Uchrashuvning asosiy maqsadi — mazkur toifadagi xotin-qizlarning huquqiy masalalari tinglash, ularga amaliy yordam koʻrsatish va muammolarini joyida hal etishdan iborat boʻldi. Ushbu tadbir orqali davlat idoralari vakillari bevosita murojaatchilar bilan muloqot oʻrnatib, ularning huquqiy savodxonligini oshirishga va mavjud muammolariga yechim topishga harakat qilishdi.
????Ushbu amaliy uchrashuv natijasida xotin-qizlarning muammolarini hal qilish uchun har bir holat boʻyicha aniq tashkilotlarga yoʻnaltirish tizimi yoʻlga qoʻyildi.