Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

HUQUQIY YORDAMGA MUHTOJ XOTIN-QIZLARNING MUROJAATLARI MUHOKAMA QILINDI


O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan "Ayollar daftari"ning 7-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarga amaliy yordam ko`rsatishga doir berilgan topshiriqlari ijrosini ta`minlash yuzasidan Navbahor tumani adliya bo`limi tomonidan "Huquqiy maslahat beramiz" shiori ostida xotin -qizlar o`rtasida navbatdagi ochiq muloqot "Uchtut" mahallasida tashkil etildi.

Xotin-qizlarlarni qiynab keladigan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, tegishli davlat organlariga murojaat qilish uchun ariza va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirib berishda amaliy yordam ko`rsatildi.


???????? Shu munosabat bilan, Xotin-qizlar uchun imtiyozli kredit ajratish, ayollar tadbirkorligi, ularning mehnatda kamsitilishini ta`qiqlash, ish vaqtidan tashqari ishlash, homilaqorlik va tug`ish ta`tillari berish tartibi, aliment undirish, ular uchun qonunchilikda belgilangan qo`shimcha kafolatlar hususuda ham ko`rsatmalar berildi.

 Zero, inson qadri, aholining huquq va erkinlaiklarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning muammolariga yechim topish adliyaning doimo e’tibor markazida.