Янгиликлар
17
Navoiy shahar "Taraqqiyot" mahallasida “Ayollar daftari”
Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Navoiy shahar "Taraqqiyot" mahallasida “Ayollar daftari” ro‘yxatida turuvchi xotin-qizlar ishtirokida huquqiy va psixologik seminar tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, oilaviy munosabatlarda uchraydigan nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, mutaxassis-psixologlar tomonidan oilada sog‘lom ruhiy muhitni shakllantirish, stressni boshqarish, farzandlar tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati hamda shaxsiy rivojlanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarilib, ularning murojaatlari yuzasidan huquqiy va psixologik maslahatlar ko‘rsatildi.