Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Navoiy garnizonida "Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" doirasida tadbir o‘tkazildi


Navoiy garnizonida "Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" doirasida tadbir o‘tkazildi

 Joriy yilning 16 - iyul kuni Navoiy garnizonidagi harbiy qismda muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida "Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" doirasida navbatdagi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir "Giyohvandlikning ilk belgilari, uni aniqlash va tezkor profilaktikasi" mavzusiga bag‘ishlandi.

 Tadbirda Navoiy viloyati Adliya boshqarmasi xodimi, Navoiy viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi Faxriylar kengashi raisi hamda boshqa tashkilot vakillari ishtirok etdi.

 Uchrashuv davomida harbiy xizmatchilarga narkojinoyatchilikning salbiy oqibatlari, uni oldini olishda huquqiy madaniyatning o‘rni hamda bu illatga qarshi kurashishda barcha mas'ul ekanligi haqida batafsil ma’lumotlar berildi