Янгиликлар
15
Uchquduq tuman adliya bo‘limi tomonidan “Navoiy ” mahallada huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar bilan davra suhbati
Tadbir Vazirlar Mahkamasining 145-son, 239-son qarorlari asosida huquqiy yordamga muhtoj 5 toifaga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar haqida xabardorligini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilariga qonunchilikda belgilangan huquq va imtiyozlar, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy qo‘llab-quvvatlash choralari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida xotin-qizlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha huquqiy maslahat hamda amaliy tavsiyalar berildi.