Янгиликлар
15
Navoiyda yashil energetika drayverlari: adliya xodimlari yosh tadbirkorlar huzurida
Navoiy viloyati adliya boshqarmasi tomonidan «Solar Energy Navoiy» masʼuliyati cheklangan jamiyatida mehnat qilayotgan azmu shijoatli yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot tashkil etildi.
"Rahbar va yoshlar uchrashuvi" doirasida oʻtgan ushbu tadbirda yigit-qizlarga bugungi kunda davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, qonunchilikdagi eng soʻnggi imtiyozlar hamda Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan uchrashuvlarida belgilab berilgan strategik maqsadlari sodda va hayotiy misollar bilan tushuntirib berildi.
Eʼtiborli jihati shundaki, yashil energetika sohasida innovatsion ishlab chiqarish bilan shugʻullanayotgan ushbu zamonaviy korxonada mehnat qilayotgan 40 dan ortiq ishchi-xizmatchilarning naqd 80 foizini aynan navoiyalik yoshlar tashkil etadi.