Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Navoiy shahar "Shirin" madaniyat saroyida huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlaring ommaviy sayyor qabuli tashkil etildi...


  Sayyor qabul davomida davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalar, huquqiy muammolar hamda murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fuqarolarga “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, jinoyatchilikning salbiy oqibatlari, notinch oilalar bilan ishlash va profilaktik suhbatlar o‘tkazish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Qabulga kelgan inson bir muammosiga yechim topib savoliga javob olsa, tashrifidan ko‘ngli to‘ladi.
Fuqaro M.Eshimova ham ana shu maqsadda sayyor muloqotda ishtirok etdi. Uning masalasi yoshga doir pensiya tayinlashda inobatga olinmagan ish stajlarini inobatga olish edi.

 Fuqaro S.Mardonov esa o'zi qizining familiyasini bazadan to‘g‘irlash masalasida amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qoldirdi.


Tadbir davomida fuqarolarning murojaatlariga huquqiy tushuntirish berildi hamda muayyam murojaatlar joyida ijobiy hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar esa ish yurituviga olindi.