Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

NAVOIY YURIDIK TEXNIKUMIDA BITIRUVCHILARGA DIPLOM TARQATISH MAROSIMI BO'LIB O'TDI


  Navoiy yuridik texnikumida joriy yilning 14-iyul kuni 2025-2026 o’quv yili bitiruvchilariga diplom tarqatish marosimi bo’lib o’tdi. Kasbiy ta’lim agentligi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi boshlig’i, J.Qalandarov, O'zbekiston Respublikasi Notarial palatasi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi boshlig'i V.Saatov, Navoiy viloyat Adliya boshqarmasi mas'uli F.Alhamov, texnikum rahbariyati, bitiruvchilar va faol ota-onalar ishtirok etishdi.

Ushbu o‘quv yilida ushbu dargohni 113 nafar o‘quvchi tamomlamoqda. Quvonarlisi, ularning 24 nafari to‘liq 5 bahoga tamomlab, imtiyozli qizil diplom egasiga aylanmoqda. Ushbu faol bitiruvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirilib, e'tirof etildi.

Ushbu bitiruvchilar ishtirokida Respublika va viloyatda bir qator muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritildi. Xususan, O'zbekiston va Xalqaro sport musobaqalari chempionlari yetishib chiqdi, professional ta’lim muassasalari ligasining 2 ta ligasida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

100 dan ortiq o‘quvchilar chet tili va fanlardan xalqaro, milliy sertifikat sohibi bo‘ldi. Hozirgacha Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 705-sonli qaroriga asosan 10 nafar bitiruvchi Toshkent davlat Yuridik universitetiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Yana 90 nafar bitiruvchi Vazirlar Mahkamasining 17-sonli qarori asosida 2-kursdan o‘qishga topshirish uchun tavsiyanomani qo‘lga kiritdi.

Kasbiy ta’lim boshqarmasi hamda Yuridik tehnikum rahbariyati ushbu imtihonlarda hamda kasbiy faoliyatda bitiruvchilarga omad va zafarlar tilaydi!