Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Nurota tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi


  Nurota tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida murojaatlar bilan ishlash sohasida qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida tuman adliya bo‘limi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘quv seminari tashkil etildi.

 Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-51-son Farmonining mazmun-mohiyati, unda belgilangan ustuvor vazifalar hamda amaliyotga joriy etish mexanizmlari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.

 Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berilib, murojaatlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish zarurligi yana bir bor ta’kidlandi.