Янгиликлар
29
Navoiyda adliya tashabbusi bilan shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi!
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda intellektual sport turlarini keng ommalashtirish maqsadida havaskor shaxmatchi yoshlar o‘rtasida sport musobaqasi tashkil etdi.
Zakovat, kuchli mantiq va o‘ziga xos strategiyalar to‘qnashuviga aylangan ushbu qizg‘in bahslarda yosh grossmeysterlar o‘z mahoratlarini boricha namoyon etishdi.
Murosasiz kechgan o‘yinlar yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan munosib ravishda taqdirlandilar. Viloyat adliya boshqarmasi yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi xayrli tashabbuslarni kelgusida ham izchil davom ettiradi.