Янгиликлар
27
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida xotin-qizlarga huquqiy ko`mak berish bo`yicha yangi rejalar muhokamasi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan "Ayollar daftari"ning 7-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarga amaliy yordam ko`rsatishga doir berilgan topshiriqlari ijrosini ta`minlash yuzasidan Navbahor tumani adliya bo`limi, viloyat kasaba uyushmasi, xotin-qizlar bo`limi, mahalla ettiligi tomonidan "Huquqiy maslahat beramiz" shiori ostida xotin -qizlar o`rtasida ochiq muloqot "Oq oltin" mahallasida tashkil etildi.
Xotin-qizlarlarni qiynab keladigan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, tegishli davlat organlariga murojaat qilish uchun ariza va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirib berishda amaliy yordam ko`rsatildi.
???????? Shu munosabat bilan, Xotin-qizlar uchun imtiyozli kredit ajratish, ayollar tadbirkorligi, ularning mehnatda kamsitilishini ta`qiqlash, ish vaqtidan tashqari ishlash, homilaqorlik va tug`ish ta`tillari berish tartibi, aliment undirish, ular uchun qonunchilikda belgilangan qo`shimcha kafolatlar hususuda ham amaliy yordam berilmoqda.