Янгиликлар
23
ADLIYA: NIZOLI OILALARNI YARASHTIRISH YO'LIDA
"Ijtimoiy profilaktika haftaligi" va har haftaning chorshanba kuni "Yosh oilalar bilan ishlash kuni" doirasida Navbahor tuman adliya bo'limi hamda sohaga mas'ul tashkilot xodimlari bilan hamkorlikda tumandagi "Oila maskani"da nizoli oilalar bilan suhbatlar tashkil etilib, ularga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Mazkur tadbir oilaviy ajrimlarning oldini olish, jamiyatda sog‘lom oila muhitini mustahkamlash va oilaviy qadriyatlarni asrashga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi. Uchrashuv davomida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilaning muammolari atroflicha ko‘rib chiqildi.