Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

"Rahbar va yoshlar uchrashuvi" doirasida Navoiy kon-metallurgiya kombinati muzeyiga ekskursiya tashkil etildi


  "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" doirasida Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli muzeyda tizimda faoliyat yuritayotgan yoshlar uchun ekskursiya tashkil etildi. Navoiy viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida o‘tgan ushbu tadbir davomida yoshlar mintaqa va respublika iqtisodiyotining asosi hisoblangan mazkur yirik korxona faoliyatiga oid muhim ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdilar.

Ta’kidlash joizki, Navoiy shahri tarixi va rivojlanishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kombinat solnomasi bilan uzviy bog‘liqdir. Bugungi kunda "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ O‘zbekiston Respublikasining eng yirik sanoat korxonasi sanaladi. Korxona jahonda oltin qazib olish ko‘rsatkichi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egallab, mamlakat yalpi ichki mahsulotining (YIM) qariyb 6,5 foizini ta’minlab kelmoqda.

Kombinat geologik qidiruv ishlaridan boshlab, tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni qamrab olgan to‘liq texnologik siklga ega zamonaviy sanoat klasteri sifatida faoliyat yuritadi. Hozirgi vaqtda korxonada 50 mingdan ortiq xodim doimiy ish o‘rni bilan ta’minlangan.

Shuningdek, kombinat Navoiy, Zarafshon va Uchquduq kabi sanoat shaharlarining barpo etilishi hamda ularning ijtimoiy infratuzilmasini barqaror saqlashda strategik ahamiyat kasb etadi. Muzey bo‘ylab tashkil etilgan ushbu ekskursiya yoshlarning iqtisodiy bilimlarini oshirishga va ularda vatanparvarlik tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.