Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Dafn etish sohasidagi yangi tartiblar yuzasidan seminar o‘tkazildi


  Navbahor tuman adliya bo'limi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-noyabrdagi 735-son qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

 Unda qabristonlar nazoratchilari, mahalla raislari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

 Tadbir davomida dafn etish ishlarini tashkil etish va hisobini yuritish tizimini takomillashtirish, sohada samarali nazorat mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qarorda belgilangan vazifalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

 Shuningdek, dafn.adliya.uz elektron platformasining imkoniyatlari, undan foydalanish tartibi hamda dafn etish bilan bog‘liq ma'lumotlarni elektron shaklda yuritish masalalari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

 Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, qaror ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.