Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Davlat boshqaruvida Big Data va sun’iy intellektdan foydalanish masalalari muhokama qilinmoqda



  Adliya vaziri o‘rinbosari Nu'mon Muxammadiyev ishtirokida "Dalillarga asoslangan davlat boshqaruvi uchun katta hajmdagi ma’lumotlar tahlili va sun’iy intellekt" mavzusidagi uch kunlik seminar-trening boshlandi.

 Seminarda davlat organlari va mahalliy hokimiyatlardan 35 nafardan ortiq mutaxassis ishtirok etib, ma’lumotlar tahlili, sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish hamda dalillarga asoslangan boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqda.

 "Bugungi kunda davlat organlarida juda katta hajmdagi ma’lumotlar shakllanmoqda. Ularning haqiqiy qiymati esa ushbu ma’lumotlarni tahlil qilish, to‘g‘ri talqin etish va ular asosida samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishda namoyon bo‘ladi." — Nu'mon Muxammadiyev.


 Ta’kidlanganidek, seminar-treningning asosiy maqsadi davlat xizmatchilarida ma’lumotlarga asoslangan fikrlash madaniyatini shakllantirish, zamonaviy raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishda samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

Mazkur tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va Adliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyiha doirasida tashkil etilmoqda.