Янгиликлар
06
Yashnobod tumanida аdliya vazirining sayyor qabuli o‘tkazildi
Adliya vaziri A. Tashkulovning Yashnobod tumanidagi “A. Yassaviy” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabuli tashkil etildi. Tadbir davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot qilinib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.
Qabul davomida jami 34 nafar fuqaroning uy-joy, yer va kadastr, meros munosabatlari, shuningdek, infratuzilmani yaxshilash hamda sog‘liqni tiklash bilan bog‘liq murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning 8 tasi yuzasidan fuqarolarga joyida huquqiy tushuntirish va tegishli tavsiyalar berildi. Qolgan 26 ta murojaat belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, mas’ullarga ijro uchun yo‘naltirildi.
Har bir murojaatning qonuniy va adolatli hal etilishini ta’minlash maqsadida ular ijrosi alohida nazoratga olindi.